2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni 4 343,3 mingtaga yetdi.
2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 439 595 taga (11,3 %) ko‘paydi.
2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 60,1 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.