31/07/2023

Joriy yilning 28-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - «Lex.uz»dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - «Lex.uz»dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 4-iyuldagi O‘RQ-851-son Qonuni2023-yil 7-iyuldagi O‘RQ-852-son QonuniO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-108-son FarmoniVazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 267-son qarori va boshqa qonun hujjatlari haqida batafsil gapirib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti jarayonida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javob olishdi.