2023– yilning yanvar- iyun oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining eng yuqori hajmi Boyovut (887,0 mlrd. so‘m) va Sayxunobod (653,9 mlrd. so‘m), Guliston (607,9 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Yangiyer shahri (18,1 mlrd. so‘m), Shirin shahri (10,2 mlrd. so‘m), va Guliston shahri (109,5 mlrd. so‘m) qayd etilganligini keltirib o‘tish mumkin.
Viloyat ko‘rsatkichidan (105,4 %) yuqori o‘sish sur’atlari Yangiyer (111,9 %) shahri va Mirzaobod (110,6 %), Sardoba (107,8 %) tumanlarida kuzatildi. Shirin shahri (100,9 %), Sayxunobod (103,0 %), Boyovut (103,5 %), Xovos (103,6 %) tumanlarida esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.