31/07/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 211,4 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,1 kishiga ortgan (2022- yil 1-iyul holatiga 1 kv.km.ga 207,5 kishi to‘g‘ri kelgan).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahrida 2692,6 kishi, Yangiyer shahrida 1586,3 kishi, Shirin shahrida 1448,8 kishi, Boyovut tumanida 263,0 kishi, Sirdaryo tumanida 247,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Oqoltin tumanida 100,7 kishi, Mirzaobod tumanida 125,5 kishini tashkil etgan.