24/07/2023

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 168,5  mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022- yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 124,6 % ni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: 2022- yilning yanvar-iyun oylarida ushbu xizmat turi hajmi 133,1 mlrd. so‘m yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,7 % ulushiga teng bo‘lgan. O‘sish sur’ati esa 122,9 % ni tashkil etgan.