12/07/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlardan qiymati 3,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 158 tonnaga oshgan.

2023-yilning 5 oyida Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

Rossiya – 458 tonna

Qozogʻiston – 164 tonna

Belarus R. – 36 tonna

Qirgʻiz R. – 33 tonna

Estoniya – 27 tonna

Litva – 8,6 tonna

Fransiya – 7,4 tonna