04/07/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 745 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 560 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2 860 ta

Sirdaryo tumani – 1 377 ta

Sayxunobod tumani – 933 ta

Boyovut tumani – 937 ta

Guliston tumani – 896 ta

Mirzaobod tumani – 1 084 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 492 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 052 ta

sanoat sohasida – 1 544 ta

qurilish sohasida – 1 159 ta