Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida 23 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 21,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 14,7 ming tonna choy import qilgan.
Choy importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 718 tonnaga oshgan.
5 oyda Oʻzbekiston eng koʻp choy import qilgan davlatlar:
Xitoy – 11,4 ming tonna
Keniya – 1,0 ming tonna
Eron – 893 tonna
Hindiston – 338 tonna
Qozogʻiston – 247 tonna
Shri-Lanka – 185 tonna
Indoneziya – 179 tonna
Rossiya – 175 tonna
BAA – 173 tonna