Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida eng koʻp Xitoydan elektromobil import qilgan.
Oʻzbekiston 5 oyda 10 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan. Eng koʻp elektromobil import qilingan davlatlar:
Xitoy – 3 480 ta
Gonkong – 256 ta
Germaniya – 42 ta
BAA – 16 ta
Koreya – 11 ta
AQSH – 6 ta
Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2846 taga yoki qariyb 4 barobarga oshgan.