So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar - noyabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari jami 1 728 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 5 090,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,7 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati jahonning 51 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiyada (16,0 %), XXRda (21,4 %), Afg‘onistonda (17,2 %), Qozogʻistonda (29,8 %), Turkiyada (2,3 %) va Qirg‘iz Respublikasida (1,5 %) qayd etilgan.

Joriy yilning 25-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 413,1  mlrd so‘mni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 4,0 % ni, 2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 116,1 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yil yanvar-noyabr oylarida davlat mulkchilik tashkilotlar tomonidan 148,1 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi va Sirdaryo viloyatidagi ulushi 3,5 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,9 % bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 276,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 24-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar - noyabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 1 784 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasida yirik korxonalarning tovar aylanmasi 335,5 mlrd so‘mni, o'sish sur'ati 87,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasida