So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 272,4 mlrd so‘mni, 2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 103,0 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

2024- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 7,9 % ni, fizik hajm indeksi 147,2 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 759,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 9880 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni  9 811 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 323,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida MDH mamlakatlariga 93,8 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 37,8 % ni tashkil etdi.