22/05/2025

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 122 384 dona har xil turdagi yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.

Ularning rusumlar bo‘yicha soni quyidagicha:

Cobalt – 44 747 dona

Damas – 29 955 dona

Onix – 15 236 dona

Tracker – 14 092 dona

Kia – 8 680 dona

BYD – 4 267 dona

Chery – 2 773 dona

Haval – 2 634 dona

Maxsus yengil avtomobillar – 12 983 dona