So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 1- may holatiga Sirdaryo viloyatida 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalari sonining o‘sish sur’ati 71,3 foizni tashkil etdi.

Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 280,8 mingta tirik tugʻilishlar qayd etilgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 23 ta davlatga qiymati 35,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 45,5 ming tonna mosh eksport qilgan.

2023-yilning 1-may holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni  4 242 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 30,7 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 233 taga to‘gri keldi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamiz kinoteatrlarida kinonamoyishlar soni jami 81 414 tani tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkichni oʻtgan yilga nisbatan solishtirilganda 8,5 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma...

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 5,4 trln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida MDH mamlakatlariga 30,6 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 25,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar soni 76 tani tashkil etib,  ushbu kinoteatrlarning hududlar boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-aprel oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 47,5 mlrd. so'mni tashkil etdi. 2022- yilning shu davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 101,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizdagi kinonamoyishlar soni jami 81 414 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 67 109 tasi yoki 82,4 % i milliy filmlar va 14 305 tasi yoki 17,6 % i xorijiy filmlarni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida aholi jon boshiga qurilish ishlari bo‘yicha quyidagi hududlarda yuqori hajmlar, xususan, Guliston shahrida – 3413,1 ming so‘m, Shirin shahrida – 2008,7 ming so‘m, Mirzaobod tumanida – 1835,0 ming so‘m, Sirdaryo tumanida – 1165,4 ming so‘m, Yangiyer shahrida – 1115,8 ming so‘m qayd etildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yil 1- may holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 989 ta bo‘lib...

2023-yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 30,6 % ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi 10,9 % ga o‘sgan va ishlab chiqarish hajmi 784,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-may holatiga koʻra xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida savdo faoliyati bilan band boʻlganlarning ulushi 45,3 % yoki 151 406 birlik bilan ustunlik qiladi, shundan 99,5 foizi (150 709 birlik) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Joriy yilning 31-may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov boshqarmaning Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi boshlig'i...

Sirdaryo viloyatida 2023- yilning yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 861 tani tashkil etib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi: