05/09/2023

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 87,7 mlrd. so'mni, o'sish sur`ati 105,8 % ni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 12,9 mlrd. so‘mga ortgan. 2023- yil yanvar-iyul oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 87,0 % bilan ustunlik qildi.