06/09/2023

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov tomonidan, joriy yilning 6-sentabr kuni, Sirdaryo tumani Tinchlik MFY da joylashgan, 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga, o‘quvchilarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini yanada oshirish, boshlangan yangi o‘quv yilida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish, kompyuter savodxonligi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish maqsadida, boshqarmadan bo‘shagan, foydalanishga yaroqli, jami 13 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari ajratildi.

Maktab o‘quvchilari mazkur kompyuter jamlanmalarini ko‘tarinki ruhda, xursandchilik bilan qabul qilib oldilar. Maktab rahbariyati sovg‘a qilingan kompyuter jamlanmalari uchun U.Elmuratovga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.