So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 9- oktabr kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 828,4 ming tonna tabiiy gaz kondensati ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 81,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 40,5 mlrd so‘mni, 2023- yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 110,2 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 0,9 % ni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: Bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Yangiyer shahri (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 84,9 %), Guliston tumani (81,5 %) va Sardoba tumani (80,1 %) da kuzatildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,3 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 17,6 % ga ko‘payib ishlab chiqarish hajmi 200,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yil yakunlariga ko‘ra, ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarda mehnat daftarchasi mavjud boʻlgan xodimlar soni 127 008 kishini tashkil etgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- sentabr holatiga savdo sohasida 150 672 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, moliyaviy va sug‘urta faoliyatida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 29 019,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga, Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 3 824 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 31,4 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 819 taga to‘gri keldi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida otlar savdosi 14,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 29,3 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 54,4 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 16,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 103,9 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,7 % ni, bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 8- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-avgust holatiga uch bolali uy xo‘jaliklar 18,4 % ni tashkil etgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 30,8 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 12 ta davlatga qiymati 24,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 30,1 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi quyidagicha: