So'nggi yangiliklar

Sigirlar bosh soni bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Boyovut va Sayxunobod tumanlari egalladi. Ularning, sigirlar sonidagi ulushi 16,3 %. Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Xovos (13,4 %), Sirdaryo (12,1 %) Guliston (10,6 %) va Mirzaobod tumanlarida (10,4 %) qayd etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra tuxum savdo aylanmasi hajmi 6,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz tomonidan 3 995,8 ming AQSH dollari qiymatidagi 14 056,8 tonna no‘xat eksport qilindi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, Sirdaryo viloyatida qayta ishlash sanoatida jami 2 545,5 mlrd so‘m yoki viloyat bo‘yicha jami investitsiyalar hajmining 29,2 foizi o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibidan 11,9 foizi yoki 1 039,2 mlrd so‘mi to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak ishlab chiqarish sohasiga tegishlidir.

Joriy yilning 15- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun vebinar boʻlib oʻtdi. Ushbu vebinarda, 5-narx oʻrtacha kuzatuvini oʻtkazish tartibi, narxlar statistikasiga oid atamalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Joriy yilning 15- noyabr kuni Viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: parlamentarizmni kuchaytirish sari dadil qadam bu – yangi Konstitutsiya” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 14- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun sanoat ishlab chiqarishi hajmini shakllantirishining axborot manbalari, isteʼmol tovarlari haqida

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 219 tani tashkil etib, ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, Sirdaryo viloyatida Elektr-gaz ta’minoti faoliyati turi bo‘yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 3 924 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilib, umumiy investitsiyalar hajmining 44,9 foizini tashkil etdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarida sigirlar bosh soni 181,8 mingtaga yetdi. Sigirlar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, eng katta hajmi – 152,9 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi.