So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- oktabr holatiga, Sirdaryo viloyatida 219 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 386,3 mingtaga yetdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 19-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi xodimlari uchun demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz tomonidan 4 371,1 ming AQSH dollari qiymatidagi 2 534,8 tonna loviya eksport qilindi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar 602,0 mlrd so‘m yoki o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining 6,9 foizini tashkil etdi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 219 tani, shundan qo‘shma korxonalar 82 ta va xorijiy korxonalar 137 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Joriy yilning 15- noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi tomonidan, tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun transport statistikasining asosiy tushunchalari, transport statistikasining asosiy tarmoqlari, transport statistikasini hisobga olish asoslari bo‘yicha vebinar tashkil etildi.