Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 64,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan mis quvurlar eksport qilgan.
Mis quvurlar eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnadan oshgan.
Oʻzbekiston 4 oyda eng koʻp mis quvurlarini eksport qilgan davlatlar:
Turkiya – 4,2 ming tonna
Rossiya – 1,8 ming tonna
Qozogʻiston – 292 tonna
Qirgʻiz R. – 159 tonna
Belarus R. – 121 tonna
Ozarbayjon – 118 tonna