25/05/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 962,2 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 91,7 % ni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilga nisbatan 101,3 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Guliston shahar (366,3 mlrd. so‘m), Sirdaryo tumani (193,1 mlrd. so‘m), Yangiyer shahar (94,7 mlrd. so‘m), Mirzaobod (72,5 mlrd. so‘m), Guliston (49,5 mlrd. so‘m) va Boyovut (44,0 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.