22/05/2023

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylari yakuniga koʻra, sugʻurta xizmatlari hajmi 1 496,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 128,2 %ni tashkil etdi.

Ushbu yoʻnalishda, yaʼni sugʻurtalash, qayta sugʻurtalash va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlar yoʻnalishida koʻrsatilgan xizmatlar hajmining yuqori oʻsish surʼati Sirdaryo (194,0 %), Surxondaryo (180,1 %), Jizzax (173,4 %) va Xorazm (168,6 %) viloyatlarida qayd etilgan.