16/05/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida moliya va sugʻurta sohasi qoʻshilgan qiymatining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 5,4 % ni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davrida 4,5 % ni tashkil etgan edi.

Taqqoslash uchun, joriy yilda moliya va sugʻurta sohasining YAIMdagi ulushi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 % ga oshgan.