25/04/2023

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,6 mlrd. AQSH dollariga yoki 11,9 % ga oshgan.

3 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 5,7 mlrd. AQSH dollari va import 9,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida jahonning 167 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.