11/04/2023

2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 588 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni
1 373 tani tashkil qildi (ulushi 10,1 %).

Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahri – 470 ta
Boyovut tumani – 150 ta
Guliston tumani – 140 ta
Sirdaryo tumani – 129 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 598 ta
sanoat sohasida – 157 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 149 ta
qurilish sohasida – 136 ta