14/02/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilda xorijga qiymati 16,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 683 dona yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Yuk avtomobillari eksporti 2021-yil bilan solishtirilganda 103 taga kamaygan.

Oʻzbekiston 2022-yilda eng koʻp yuk avtomobillarini eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 246 dona

Qirgʻiz R.  – 194 dona

Ozarbayjon – 84 dona

Tojikiston – 80 dona

Belarus R. – 66 dona

Boshqa davlatlar – 13 dona