Joriy yilning 13- fevral kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov Yangiyer shahrida boʻlib, shahar statistika bo‘limi registratori M.Mamasharipov bilan birgalikda, «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv davomida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.