Joriy yilning 11- fevral kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev Yangiyer shahrida boʻlib, shahar statistika boʻlimi registratori M.Mamasharipov bilan birgalikda, «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv davomida xizmatlar narxlarini registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.