Ushbu seminar treningni S.Yaxyayev kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi. K.Gaynazarova o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori hamda Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-avgustda 3383-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti”ning mazmuni to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, K.Gaynazarova tomonidan xodimlarga korrupsiyaviy xavf-xatar darajasiga baho berish mezonlar asosida amalga oshirilishi va ushbu mezonlar mazkur uslubiyotning 2-ilovasida keltirilgani qayd etildi. Tegishli tushuntirishlar berilgandan so‘ng xodimlarga korrupsiyaviy xavf-xatar darajasiga baho berish mezonlari asosida tarkibiy bo‘limlar faoliyatini baholab berish taklif etildi.
Jumladan,
Boshqarmaning 1-toifali muxandis-dasturchisi S. Saydalieva tomonidan Ishbilarmonlik muxiti kuzatuvlari va tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi faoliyatiga, Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi faoliyatiga yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkoniyati borligini inobatga olib, “o‘rta” va Narx statistikasi bo‘limi faoliyatiga “past” baholar berildi;
Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari D. Xasanov mazkur bo‘lim faoliyatida fermer xo‘jaliklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yo‘qligini va fermerlarning statistik hisobotlari Markaz orqali kelib tushganligini inobatga olib, korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi past ekanligini qayd etdi.
Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi A. Fatxullaev ushbu bo‘lim faoliyatini korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi bo‘yicha “o‘rta” deb baholadi.
Mavzu yuzasidan boshqalarning ham fikr-mulohazalari eshitildi. Asosan, bo‘limlar faoliyatiga korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi bo‘yicha “o‘rta” baholar ko‘yildi. Ma’ruzachi xodimlar tomonidan berilgan barcha savollariga javob berdi.
Seminar-trening baxslarga boy va qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.