Aholini roʻyxatga olish orqali faqat aholi haqidagi malumotlarni emas, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tarkiblari haqida malumotlarni olishga muvaffaq boʻlinadi. Aholini roʻyxatga olish savolnomasida faqat demografik malumotlarni yigʻish bilan chegaralanib qolmaydi. Aholini roʻyxatdan oʻtkazish savolnomasi aholi soni, yoshi, jinsi, milliy tarkibi, malumot darajasi, nikox holati, bandligi kabi birqator koʻrsatkichlardan tashqari yashash sharoiti, daromadlar manbai va boshqa tavsiflari haqida malumot olishning yagona manbai hamdir.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida Aholini roʻyxatga olish umuman oʻtkazilmagan boʻlib, mazkur tadbir ilk marotaba oʻtkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni sifatli oʻtkazish maqsadida oʻtkazish belgilangan. Soʻnggi marta Oʻzbekiston Respublikasi xududida Aholini roʻyxatga olishning muvaffaqiyatli chiqishi aholini roʻyxatga olish davridan ushbu savolnomadagi savollarni mazmun-moxiyatini toʻgʻri tushunganlik darajasiga bogʻliq. Hozirda Respublikamiz boʻylab tushuntirish ishlari mahalliy matbuot, radio va televideniya orqali, umumtaʼlim maktablari, oliy va oʻrta maxsus tuʼlimda va tashkilotlarda davra suxbatlari va seminarlar tashkillashtirish yoki koʻrgazmali tashviqot ishlari orqali amalga oshirilmoqda.
Aholini ro‘yxatga olish yana bir jihati bilan muhim. Uning yakuniga yetkazilishi hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylar ro‘yxatini tuzish imkonini beradi. Yana ham aniqroq aytganda, turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tab bo‘lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob’ektlarni qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi. Maqsad aniq, rejalar qat’iy. Amaliy ishlarga esa allaqachon kirishilgan. Xususan, Prezidentimiz Farmoni asosida Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish Kontseptsiyasi tasdiqlandi. Mazkur Kontseptsiya asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, keng muhokama va huquqiy ekspertizalardan so‘ng 2020 yil 16 mart kuni qabul qilindi. Qonun 5 bob, 31 moddadan iborat bo‘lib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini ro‘yxatga olishning vazifalari va printsiplari yoritib berilgan. Asosiy printsiplardan biri sifatida davriylik printsipi, ya’ni aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkazilishi hamda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Yana bir muhim prinsiplardan biri, bu shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi bo‘lib, bunda aholini ro‘yxatga olish jarayonida yig‘ilgan shaxsga doir ma’lumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatilmasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Qonunda respondent tushunchasiga ham aniqlik kiritib ketilgan, ya’ni respondentlar – aholini ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham respondent hisoblanishi yoritib o‘tilgan. Shuningdek, Qonunda, aholini ro‘yxatga olishni tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi, maxsus vakolatli davlat organi, ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika komissiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi respondentlar va ro‘yxatga oluvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish tartibi, tadbirlarni moliyaviy ta’minlash asoslari belgilab berilgan. Ayni paytda statistika agentligi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olishning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha axborot-targ‘ibot ishlari ham izchil davom ettirilyapti. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy va ilmiy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Hozirgi paytda mamlakatda aholini roʻyxatga olish xalqaro meʼyorlar asosida oʻtkaziladi. Har 10 yilda oʻtkaziladigan bu tadbirda aholi anʼanaviy: yoshi, jinsi, maʼlumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turarjoyi va uning maishiy asboblar bilan jihozlanishi kabi savollarga javob berishi kerak boʻladi. Ammo uy xoʻjaligi aʼzolari va turar joy toʻgʻrisidagi savollar batafsil – savollarning 34 guruhidan iboratdir.
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish ishlari keng qamrovli tadbir boʻlib, ketma-ket hamda bir vaqtning oʻzida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlgan bosqichlarni oʻz ichiga oladi, yaʼni:
Birinchi bosqichda aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi;
aholini roʻyxatga olish tadbiri dasturini, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish, uning natijalarini olish va eʼlon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi;
har bir roʻyxatga oluvchilarni oʻz hududi boʻyicha xaritalar bilan taʼminlanadi;
har bir xonadon raqamlanishi va koʻchalar nomlanishini amalga oshiriladi;
Ikkinchi bosqichda bevosita aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi, yaʼni aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi.
Uchinchi bosqichda aholini roʻyxatga olish tadbiri natijalarini eʼlon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.
Respublikamizda aholini roʻyxatga olish bizga nima beradi?
Birinchidan, maʻlum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari boʻyicha soni, oilaviy ahvoli, maʻlumot darajasi, uy-joy bilan taʻminlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi boʻyicha batafsil maʻlumot olinadi.
Ikkinchidan, aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol mahsulotlari hajmi, aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari) ishlatiladi.
Uchinchidan, aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
Toʻrtinchidan, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot sifatida foydalaniladi.
Beshinchidan, statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda ma’lumotlar bazasi sifatida qoʻllaniladi.
Oltinchidan, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish koʻrsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishda xizmat qiladi.
Yettinchidan, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrtava uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.
Sakkizinchidan, Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tahlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi.
Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi boʻyicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.