23/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 702,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 27 526 ta yengil avtomobil import qilgan.

Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4371 taga oshgan

2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston 33 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

Oʻzbekistonliklar oʻtgan 11 oyda elektromobillar importiga 61,3 mln. AQSH dollari sarflagan.