Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 44 ta xorijiy davlatdan 38,1 ming tonna kakao va shokolad import qilgan.
Kakao va shokolad importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston 10 oyda eng koʻp kakao va shokolad import qilgan davlatlar:
Rossiya – 26,3 ming tonna
Niderlandiya – 1,6 ming tonna
Ukraina – 1,6 ming tonna
Polsha – 1,5 ming tonna
Turkiya – 1,5 ming tonna
Qozogʻiston – 1,4 ming tonna
Xitoy – 563 tonna
Belarus – 261 tonna
Germaniya – 308 tonna
Italiya – 148 tonna
Fransiya – 134 tonna
Shveysariya – 29 tonna