O'zbekiston milliy bayrami – Konstitutsiya kuni mamlakatimizda har yili 8-dekabr kuni nishonlanadi. 1992-yil shu kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida mamlakatimizning asosiy qonuni – mustaqil suveren davlat sifatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bir ovozdan qabul qilindi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi!