07/12/2022

Joriy yilning 7-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasida 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganini 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tizim xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov kirish so‘zi bilan ochib berib, tizim xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan muborakbod etib, o‘tgan bir yilda boshqarmada erishilgan natijalar va galdagi sharafli vazifalarni aytib o‘tdi.

Shuningdek tadbirda boshqarmaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Jurayeva Gulsara Meliyevna Prezidentimizning 2022-yil 8-noyabrdagi PF-243-sonli Farmoniga asosan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangani munosabati bilan boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.