07/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida yo‘lovchi avtomobil transporti xizmatlari ulushi 58,8 %ga yetdi (2021- yil yanvar-oktabr oylarida – 61,1 %). 2022- yilning o‘tgan davrida avtomobil transporti xizmatlari umumiy hajmida yuk tashish xizmatlari hajmi 41,2 % (2021- yilning yanvar-oktabr oylarida oylarida – 38,9 %) darajasida qayd etildi.