07/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 41 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 215,6 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan.

Kir yuvish mashinasi importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 35 mingtaga oshgan.

 

Oʻzbekiston 10 oyda eng koʻp kir yuvish mashinasini import qilgan davlatlar:

Rossiya – 110,3 ming dona

Qirgʻiz R. – 55,2 ming dona

Xitoy – 41,4 ming dona

Turkiya – 6,7 ming dona

Moldova – 800 dona

Belarus – 594 dona