Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 19 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 179 mingta kir yuvish mashinalari eksport qilgan.
Kir yuvish mashinasi eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,2 mingtaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp kir yuvish mashinalarini eksport qilgan davlatlar:
Tojikiston – 56,8 mingta
Qozogʻiston – 46,2 mingta
Rossiya – 31,7 mingta
Qirgʻiz R. – 18,9 mingta
Ozarbayjon – 7,6 mingta
Moldova – 6,5 mingta
Turkmaniston – 4,1 mingta
Turkiya – 3,7 mingta