21/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

8 oyda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 8337 ta
Koreya – 6784 ta
Qozogʻiston – 3651 ta
Rossiya – 1388 ta
AQSH – 237 ta
BAA – 125 ta
Yaponiya – 91 ta
Germaniya – 67 ta