24/01/2022

Boshqarma boshlig‘i B.Batirov kirish so‘zida O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlarga to‘xtaldi. Jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari orqali yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib olinganligini, bunda, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” bosh g‘oyasi ostida dadil ilgarilab, Yangi O'zbekiston istiqboli uchun barchamiz mas'ulligimizni ta'kidlab o‘tdi.  Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz. Iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim-tarbiya va boshqa sohalarida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda. Ertangi kelajagimiz bo‘lmish yoshlar kelgusida ana shu ulug‘vor g‘oya hamda bunyodkorliklarni munosib davomchilaridir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ilm mash’alasi IX–XII asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun dunyo tan olgan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Xususan, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi Yangi O‘zbekistonimizda olib borilayotgan  islohotlarni amalga oshirishda barcha fuqarolarimiz fidoiylik ko‘rsatishi kerakligini yana bir bor yig‘ilish qatnashchilariga ta’kidlab o‘tildi.