Joriy yilning 13-iyul kuni boshqarmada Sirdaryo viloyati hokimligi hamkorligida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati mudiri R.Nazirqulov “Oʻzbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari” maʼruzasi bilan chiqish qildi. R.Nazirqulov hozirgi kunda xalqaro maydonda turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar tomonidan dunyo aholisiga qarshi amalga oshirilayotgan xunrezliklar, oʻzlarining saflarini toʻldirish maqsadida fuqarolar, ayniqsa yoshlar orasida gʻarazli gʻoyalarini targʻib etishga boʻlgan urinishlar juda faol olib borilayotganligi, shuningdek, turli usullardan “ustalik” bilan foydalanish orqali mafkuraviy xurujlarni kuchaytirishga intilayotganligini aytib oʻtdi. Shuningdek, xodimlarga turli hildagi salbiy oqimlarga qoʻshilib qolmaslik va xushyorlikni oshirish kerakligi takidlandi. Jarayonda seminar ishtirokchilariga ushbu mavzudagi ijtimoiy rolik namoyish etildi.
Shundan soʻng, statistika bo,shqarmasi bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha asosiy prinsiplarning mazmun-mohiyati” mavzuida maʼruza qildi. K.Gaynazarova Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish prinsiplari haqida batafsil tushuntirishlar berdi.
Seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.



