14/01/2025

      14- yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

       Ushbu bayram tadbirida boshqarma boshlig‘i U. Elmuratov ishtirok etib, boshqarma tizimida ishlab kelayotgan barcha yigitlarni bayram bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va farovonlik tiladi.

       Bayram tadbiri yakunida boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G. Jurayeva boshqarma tizimida ishlab kelayotgan barcha xotin-qizlar nomidan yigitlarga tabrik so‘zini aytib, kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi va boshqarma Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan barcha yigitlarga bayram esdalik sovg‘alari topshirildi.