2024- yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyatida 67,0 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,8 ming tonnaga ko‘paydi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Afg‘oniston (14,4 %), Pokiston (29,0 %), Qozog‘iston (36,8 %) hamda Latviya (3,7 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.