05/09/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 382,1 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda
890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Qirgʻiz Respublikasi – 1 577 ming nafar;

Tojikiston – 676,4 ming nafar;

Qozogʻiston – 526,4 ming nafar;

Rossiya – 159,7 ming nafar;

Turkiya – 123 ming nafar;

Saudiya Arabistoni – 106,5 ming nafar;

BAA – 70,6 ming nafar;

Misr – 22,2 ming nafar;

Quvayt – 16,7 ming nafar;

Janubiy Koreya – 12,3 ming nafar;

boshqa davlatlar – 91,5 ming nafar.