Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023/2024-oʻquv yili boshida Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʻlim tashkilotlarining kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni 45, 1 ming nafarni tashkil etgan.
Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʻlim tashkilotlarining kechki taʻlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni yillar kesimida quyidagicha:
2020/2021-oʻquv yili boshiga 11 525 nafar;
2021/2022-oʻquv yili boshiga 26 554 nafar;
2022/2023-oʻquv yili boshiga 37 720 nafar;
2023/2024-oʻquv yili boshiga 45 125 nafarni tashkil etgan.