27/05/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 60 426,1 mlrd soʻmni yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,2 % ga oshgan.

Chakana savdo aylanmasi hajmida yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasi yuqori boʻlib  38 896,7  mlrd soʻmni, kichik korxonalar esa  21 529,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.