22/05/2024

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 16,8 mingtaga yetdi.

Otlar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 11,3 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, otlar bosh sonining 26,5 % fermer xo‘jaliklari hissasiga, 67,6 % dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga hamda 5,9 % qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelishini qayd etib oʻtish lozim.