20/03/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet va boshqalar xizmatlari) toʻgʻri kelgan. Ularning ulushi 61,6 % ni tashkil etdi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida kompyuterda dasturlash xizmatlari, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar 19,1 % ga, axborot xizmatlari – 11,7 % ga, nashriyot xizmatlari – 4,1 % ga, shuningdek boshqa aloqa xizmatlari – 3,5 % ga yetdi.