Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 187,9 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.
Ulardan 21,2 trln. soʻm Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 84,3 trln. soʻm toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar, 82,4 trln. soʻm boshqa xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.