Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Оliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 15 923 nafar talaba bitirgan.
Bitiruvchilar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
taʼlim – 3 281 nafar;
muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 2 761 nafar;
sanʼat va gumanitar fanlar – 2 585 nafar;
tabiiy fanlar, matematika va statistika – 1 791 nafar;
biznes, boshqaruv va huquq – 1 616 nafar;
ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 1 245 nafar;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 798 nafar;
qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 771 nafar;
axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 605 nafar;
xizmatlar – 470 nafar.