Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga (texnik koʻrik natijalari boʻyicha), Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni 4 020,7 ming birlikni tashkil etgan.
Shundan yengil avtomobillar soni 3 759 ming birlikni tashkil etgan.
Jami avtotransport vositalaridan:
yengil avtomobillar – 3 759 ming birlik;
yuk avtomobillari – 240,9 ming birlik;
avtobuslar – 6,3 ming birlik;
mikroavtobuslar – 9,1 ming birlik;
maxsus transportlar – 5,4 ming birlik.