07/02/2024

   Joriy yilning 7- fevral kuni Sirdaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollar zalida viloyat, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G‘ayibnazarov, Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov, Viloyat, tuman va shahar statistika bo‘limi xodimlari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.

   Seminarni Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov kirish so‘zi bilan ochib berib, so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G‘ayibnazarovga berdi.

   B.G‘ayibnazarov o‘z so‘zida Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, xalqimiz farovonligi tobora yuksalib borayotgani, mamlakatimizda tadbirkorlik ravnaqi yo‘lida keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilganligi, ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlarimizga qulaylik yaratish, ularga tezkor yordam va maslahat berib borish, statistik hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va oʻz vaqtida topshirishda amaliy yordam bo‘lishini aytib o‘tdi.

   Shuningdek seminar davomida Viloyat statistika boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi va ekalogiya statistikasi bo‘limi bo‘lim boshlig‘i M.Egamberdiyev, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi bo‘lim boshlig‘i Sh.Shodmonqulovlar tomonidan 1-kb shakli, 1 fx shakli (yillik) davlat statistika hisobotlarini to‘g‘ri to‘ldirish va oʻz vaqtida topshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

   Seminar yakunida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar bo‘yicha berilgan savollarga boshqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.